Site logo

Ta’lim krediti

Bakalavr hamda magistraturaning kunduzgi, sirtqi va kechki ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

Kredit oluvchining doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki boshqa uchinchi shaxslar ta’lim krediti shartnomasida birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishlari mumkin. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi.

Ta’lim krediti rasmiy o’qish muddati tugagandan so’ng 7 oydan boshlab 7 yil muddatga beriladi.

Kredit miqdori talaba va ta’lim tashkiloti o’rtasida tuzilgan kontraktda ko’rsatilgan miqdorda ajratiladi

Kredit Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan asosiy stavkada ajratiladi. Bunda xotin-qizlarga foizsiz.

Ta’lim kreditini quyidagi bank filiallariga borgan holda yoki talim-krediti.uz saytida onlayn ariza bergan holda olish mumkin.

Comments

  • No comments yet.
  • Add a comment