Site logo
Tavsif

O‘zbekiston iqtisodiyotida keskin o‘zgarishlar ro‘y bermoqda, yangi korxonalar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. O’zbekistondagi birinchi xususiy tadbirkorlik universiteti sifatida biz TEAM Universitetida sizga jahon darajasidagi oliy ta’limni taqdim etish uchun Buyuk Britaniyaning eng yaxshi tadbirkorlik Universiteti London South Bank University bilan hamkorlik qilamiz.

1-chi Kursdan Amaliyot
O‘qishning boshidanoq TEAM talabalari O‘zbekistonning yetakchi korxonalarida stajirovka o‘taydilar. Bu esa ularga o‘qishni bitirishlari arafasida amaliy tajribaga ega noyob mutaxassis bo‘lish imkonini beradi. Stajirovkalar davomida talabalar turli korxonalar va tadbirkorlar bilan tanishadilar, bu esa o‘qishdan so‘ng muvaffaqiyatli karyera boshlash imkoniyatini yanada osshiradi.

Xalqaro Diplom
4 yillik ta'limni tugatgandan so'ng, TEAM University bitiruvchilar xalqaro diplomga ega bo'ladilar. TEAM Diplomi nafaqat O'zbekistonda, balki chet ellarda ham tan olingan.

Moslashuvchan Grant Tizimi
TEAM universitetida moslashuvchan va o’ziga xos grant tizimi yo’lga qo’yilgan . Universitet ta’sischilari, hamkorlari va bo‘lajak ish beruvchilar talabalarning o‘qishdagi muvaffaqiyalari, ijtimoiy faolligi va iqtidoridan kelib chiqqan holda o‘qish xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydigan grantlar ajratadilar.

"Networking" Imkoniyatlari
Seminarlar, ma’ruzalar, masterklasslar, biznes nonushtalar va boshqa turli tadbirlar davomida talabalar o‘z sohasida muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, rahbarlar va yetakchi ekspertlar bilan muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishadi. Biznes sohasida taniqli rahbarlar talabalarga ustozlik qilishadi va maslahatlar berishadi.

Bu sahifa
  • Foydalanuvchilar tomonida
    66 marta o'qilgan
  • Ma'lumotlar ohirgi marta
    June 19, 2024 yilda yangilangan
Umumiy ma’lumotlar
  • Tashkil topgan yili
    2021 yil
  • Ta'lim yo'nalishlari
    4 ta
  • Turi
    Xususiy
Video
Manzil
  • Industrial Business Center "Techno Plaza", Temur Malik Street, 100050, Tashkent, Toshkent Shahri, O`zbekiston

  • No comments yet.
  • Add a review

    You May Also Be Interested In