Tavsif
O'zbekiston poytaxtida o'ziga xos noyob xalqaro «STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY» universiteti faoliyat yuritadi, ushbu yulduzli ta'lim dargohi Buyuk Britaniya, Kanada, AQSH, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Germaniya, Fransiya va Yaponiya singari davlatlarning eng obro'li ta'lim muassasalarini birlashtiradi.«STARS» xorijiy xalqaro OTMlar va tashkilotlar tomonidan akkreditatsiyadan o'tgan ixtisosliklarni taqdim etadi. Masalan, «Buxgalteriya hisobi va audit» mutaxassisligi bitiruvchilari «STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY» ning davlat namunasidagi bakalavr diplomi bilan birga, Buyuk Britaniya hukumati tomonidan boshqariladigan NCC Education taqdirlovchi organi, Buyuk Britaniya buxgalterlarining ACCA Assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniyaning top-50 ta universitetlariga kiruvchi Oksford Bruks universitetlari tomonidan uchta Britaniya diplomlariga ega bo'ladi. Barcha talabalar oliy ta'lim muassasasi qoshidagi talabalar va bitiruvchilarning global karyera markazi tomonidan tegishli o'rinlarda ish bilan ta'minlanadi.
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY universitetining xalqaro birinchi kursiga (Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies) ariza topshirgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak:O'rta ta'lim shahodatnomasi;
Pasport;
Foto 3х4;
Motivatsion xat;
Ingliz tilining IELTS 5.0 / TOEFL 59 / CEFR B1 / Pearson PTE 35 darajasidan birini bilganlik to'g'risidagi xalqaro sertifikatlardan biri;
STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY universitetining ikkinchi bosqichiga ariza bergan nomzodlar quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:Level 3 International Foundation Diploma for Higher Education Studies xalqaro diplomi yoki uning ekvivalenti;
Matematika (SAT yoki ekvivalent - o'tish balli 50%) bo'yicha ichki testdan o'tish;
Pasport;
Foto 3х4;
Motivatsion xat;
Ingliz tilining IELTS 5.0 / TOEFL 59 / CEFR B1 / Pearson PTE 35 darajasidan birini bilganlik to'g'risidagi xalqaro sertifikatlardan biri;
Bu sahifa
-
Foydalanuvchilar tomonida81 marta o'qilgan
-
Ma'lumotlar ohirgi martaJune 10, 2024 yilda yangilangan
Add a review