Tavsif
2022 yildan faoliyat boshlagandayoq yosh, ilmiy salohiyati yuqori kadrlarni ishga olish maqsad qilingan. Har bir professor-o‘qituvchi bir yillik shartnoma asosida ishga olinadi va qo‘yilgan talablar doirasida tasdiqlangandan keyin shartnoma muddati uzaytiriladi. Hozirda 170 nafar tajribali professor-o‘qituvchilar dars bermoqda. Ta’lim muassasasida Malayziya, Bolgariya, Ozarboyjon, Turkiya, Indoneziya, Portugaliya kabi davlatlarning 14 dan ortiq nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti O‘zbekiston ilmiy tadqiqotlar milliy bazasi - IPU ScienceWeb’da respublikadagi OTMlar orasida Scopus, Web of science, Google scholar xalqaro bazalarida nashrlar soni H-indeks bo‘yicha 1-o‘rinda turibdi.
Oliygohning 7 nafar o‘qituvchisi “Bir million dasturchi” loyihasi IT-sertifikatini qo‘lga kiritgan va ayni paytda “Ustoz-shogird” tamoyili bo‘yicha 106 nafar talabalarni tayyorlab sertifikatga ega bo‘lishlarida hissa qo‘shishdi. Bundan tashqari til sertifikatini olish uchun intilayotgan talabalarning imtihon xarajatlari universitet tomonidan to‘lab beriladi.
Talabalarni rag‘batlantirish maqsadida turli stipendiyalar, grantlar joriy qilingan bo‘lib, yangi o‘quv yilida 100 nafar talabalarga grant asosida o‘qish imkoniyati beriladi.
Bu sahifa
-
Foydalanuvchilar tomonida126 marta o'qilgan
-
Ma'lumotlar ohirgi martaJune 20, 2024 yilda yangilangan
Add a review