Tavsif
2022-yil 6-sentabrda Central Asian Medical University O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan №037700-sonli litsenziyasini oldi.
Oʻqitish tibbiyotning 3 ta yoʻnalishi boʻyicha olib boriladi:
- Davolasj ishi (oʻqish muddati – 6 yil),
- Stomatologiya (oʻqish muddati – 5 yil)
- Pediatriya (oʻqish muddati – 6 yil).
Bugungi kunda 3 ta yo‘nalishda 2000 ga yaqin talaba tahsil olmoqda, ularning 50 nafari xorij fuqarolardir. Mashg'ulotlar ECTS kredit-modul tizimi bo'yicha olib boriladi.
Talabalarga 30 dan ortiq fan doktorlari va fan nomzodlari saboq beradi. Fanlar majmuasi tibbiyot sohasidagi bilimlarni chuqur egallashga qaratilgan. O‘quv jarayoni va darsliklar xalqaro standartlarga javob beradi va nufuzli ta’lim tashkilotlari tomonidan e’tirof etilgan.
2 million AQSh dollarlik loyiha asosida “Meridian diagnostic gospital” MChJ negizida N.Mamasadiqov tomonidan CentralAisan Medical University tashkil etilib, 100 dan ortiq ish o‘rni yaratildi. Mazkur tibbiyot universitetini tashkil etish uchun Rossiya Federatsiyasidan 1 milliard so‘mlik “Pirogov” interaktiv anatomik stol, O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasidan 200 million so‘mlik o‘quv adabiyotlari, Xitoydan 250 million so‘mlik maneken va fantomlar xarid qilindi. Xitoydan 300 million so‘mlik jihozlar, kompyuterlar, elektron doskalar, Rossiya Federatsiyasidan 250 million so‘mlik o‘quv laboratoriya jihozlari keltirildi.
Bu sahifa
-
Foydalanuvchilar tomonida99 marta o'qilgan
-
Ma'lumotlar ohirgi martaJune 10, 2024 yilda yangilangan
Add a review