Site logo
Tavsif

Universitet O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi “Toshkent shahrida Puchon universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3821-son Qaroriga muvofiq tashkil etilgan. Universitetni tashkil etish bo’yicha tashabbuskorlar Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) hisoblanadi. Universitetning asosiy maqsadlari yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishda ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishdan iborat.

Universitetda ta’lim olish
O'quv jarayoni: o’quv rejasi, baholash tizimi, o’qitish usullari Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) ta'lim tizimiga asoslangan. Asosiy professor-o‘qituvchilar tarkibi Puchon universiteti (Koreya Respublikasi) va O‘zbekiston Respublikasining yetakchi pedagoglaridan iborat.bTalabalarimizning yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi biz uchun juda muhim. Bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yo’nalishlarning ta’lim dasturlariga birinchi semestrdan boshlanadigan amaliy mashg‘ulotlar joriy etildi.  Darslar to‘rt tilda olib boriladi: koreys, ingliz, rus, o‘zbek. Shuningdek, yo’nalishlaridan qat’i nazar, talabalar koreys tilini o‘rganadilar

 

Bu sahifa
  • Foydalanuvchilar tomonida
    39 marta o'qilgan
  • Ma'lumotlar ohirgi marta
    June 10, 2024 yilda yangilangan
Umumiy ma’lumotlar
  • Tashkil topgan yili
    2018 yil
  • Ta'lim yo'nalishlari
    7 ta
  • Turi
    Xususiy
Video
Manzil
  • Чиланзарский район, ул.Катартал 2, дом 38А, 100135, Тоshkent, Toshkent, O`zbekiston

  • No comments yet.
  • Add a review

    You May Also Be Interested In