Qo'shimcha telefon raqamlari
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot institutida Fizik-kimyoviy tahlil, Farmako-toksikologik tahlil, Mikrobiologik tahlil hamda Dori shakllari tahlili laboratoriyalari mavjud bo‘lib, ular eng so‘nggi talablar asosida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan. Talabalarni zamonaviy tahlil usullarini o‘rganish, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali kerakli amaliy bilimlarni olish imkoniyatlari yaratilgan.
Institut ta’lim jarayoniga fan va amaliyotni salohiyatli, shu jumladan xorijiy professor-o‘qituvchilarni jalb etilishi hamda ularning ishtirokida tizimli xalqaro konferensiyalar o‘tkazilishi asosida talabalar farmatsevtika sohasiga oid eng so‘nggi ma’lumotlarga ham ega bo‘ladilar.
Institut talabalari amaliyotlarini akkreditatsiyalangan innovatsion markazlar, tahlil laboratoriyalari, hamda GXP amaliyotiga ega zamonaviy farmatsevtik korxonalar va dorixona muassasalarida o‘tashlari, ilm-fan-ishlab chiqarishni integratsiyasini ta’minlanishi orqali zarur bilimlarga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
+998 97 189-00-50
+998 71 202-05-50
+998 71 203-05-50
98F6+9GW, 100114, Тоshkent, Toshkent, O`zbekiston
Add a review